Qurilish mollari do'konlari uchun

Do'koningiz — har bir ustaning telefonida

Ustalar tovar ro'yxatini Telegram orqali yuboradi, siz yig'ib qo'yasiz. Navbat yo'q, qo'ng'iroq kam, buyurtma ko'p — ombor, narxlar va hisobotlar bilan bitta tizimda.

  • Mijozga ilova o'rnatish shart emas
  • Telefon va kompyuterda ishlaydi
  • O'zbek va rus tilida

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Usta ro'yxatni yuboradi

    Telegram'dagi Bazarchi orqali: katalogdan tanlab yoki ro'yxatni matn qilib tashlab. Ilova o'rnatish shart emas.

  2. 2

    Do'kon yig'ib qo'yadi

    Buyurtma darhol panelingizda va Telegram guruhingizda. Omborchi yig'adi va «Tayyor» tugmasini bosadi.

  3. 3

    «Tayyor» xabari keladi

    Mijozga Telegram'da xabar va olib ketish kodi boradi. Kelib, navbatsiz olib ketadi.

Do'kon uchun hamma narsa bir joyda

Buyurtmadan omborgacha — daftar, Excel va qo'ng'iroqlar o'rniga.

Buyurtmalar navbati

Yangi, yig'ilmoqda, tayyor — hammasi bir joyda. Telefon orqali kelgan buyurtmani ham kiritasiz.

Ombor va qoldiq

Kirim, qoldiq, filiallar orasida ko'chirish, inventarizatsiya. Qoldiq buyurtma bilan avtomatik band bo'ladi.

Narx turlari

Chakana, ulgurji, usta va hamkor narxlari. Har bir mijozga o'z narxi avtomatik qo'yiladi.

QR kod bilan mijoz

Peshtaxtaga QR qo'yasiz — mijoz skanerlab do'koningizga qo'shiladi va katalogni ko'radi.

Telegram xabarlari

Yangi buyurtma, kam qolgan tovar, kunlik hisobot — o'zingizga va do'kon guruhiga.

Hisobot va tahlil

Tushum, foyda, eng ko'p sotilgan tovarlar, yetishmagan talab va o'lik zaxira.

Ustalar va xaridorlar uchun

Bozorga borishdan oldin — hammasi tayyor

Do'konning QR kodini skanerlang yoki havolasini oching — katalog, narxlar va buyurtma Telegram ichida.

Telegram'da ochish
  • Qog'ozdagi ro'yxatni rasm qilib yuboring

    Yoki ovozli xabar — do'kon o'zi tushunib, yig'ib qo'yadi (do'kon Pro tarifida bo'lsa).

  • Narxni solishtiring

    Bitta ro'yxatni bir nechta do'konga yuborib, eng qulay taklifni tanlang.

  • Loyihalar va jamoa

    Har bir obyekt uchun alohida ro'yxat, ustalaringiz bilan birga.

Narxlar

14 kun hamma imkoniyat bepul. Karta kerak emas.

Basic

Kichik va o'rta do'kon uchun hamma asosiy narsa

199 000 so'm / oy

  • Mahsulotlar2 000
  • Buyurtmalar (oyiga)1 000
  • Xodimlar3
  • Omborlar / filiallar1
14 kun bepul sinash
Eng ko'p tanlanadi

Pro

Hamma imkoniyatlar: tahlil, aksiyalar, o'z bot, avtomatik buyurtma

499 000 so'm / oy

  • Mahsulotlarcheksiz
  • Buyurtmalar (oyiga)cheksiz
  • Xodimlar20
  • Omborlar / filiallar10
14 kun bepul sinash

To'lov naqd, karta yoki bank o'tkazmasi orqali. Do'st do'konni taklif qilsangiz — u birinchi to'lovni qilganda ikkalangizga +30 kun bepul.

Ko'p beriladigan savollar

Mijozlarim ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. Bazarchi Telegram ichida ochiladi — QR kodni skanerlash yoki havolani bosish kifoya. Xohlasa brauzerda ham ishlaydi.

Sinov muddatidan keyin nima bo'ladi?

14 kun hamma imkoniyat bepul. Keyin tarifni tanlab, to'lovni naqd, karta yoki bank o'tkazmasi orqali qilasiz. To'lamasangiz, ma'lumotlaringiz o'chmaydi — faqat yangi savdo to'xtaydi.

Kompyuter kerakmi?

Panel telefonda ham, kompyuterda ham ishlaydi. Omborchi uchun telefonda yig'ish rejimi va shtrix-kod skaneri bor.

Bir nechta do'kon yoki filialim bor

Pro tarifida 10 tagacha ombor va filial: qoldiq har birida alohida, buyurtma kerakli filialga yo'naltiriladi.

1C yoki boshqa dastur bilan ishlaydimi?

Ha, Pro tarifida API va webhook bor: mahsulot, qoldiq, buyurtma va mijozlar ma'lumoti dasturlaringizga uzatiladi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har bir do'konning ma'lumoti alohida saqlanadi, faqat xodimlaringiz ko'radi. Xodimlarga rol beriladi: rahbar, menejer, omborchi.

Do'koningizni bugun ulang

Ariza 2 daqiqa oladi. Tasdiqlangach, katalogni yuklaysiz va QR kodni peshtaxtaga qo'yasiz.

Ariza yuborish